Karrager "Liverpul"ni bir necha klublarning qudratli davriga qiyosladi

  • 02.09.2025 12:22
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Jeymi Karrager "Liverpul"ni yangi Galaktikos deb atadi.

- APLda "Liverpul"ning Galaktikosga aylanishi Aleksandr Isakning rekord transferidan so‘ng yakuniga etdi. Yurgen Klopp o‘z faoliyati davomida samarali qo‘llagan taktika endi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.

"Liverpul" hozir ko‘proq 1970-80 yillardagi gullab-yashnagan davrini eslatmoqda, o‘shanda jamoa eng jozibador, klub esa mamlakatdagi eng muvaffaqiyatli edi. Klopp bir paytlar "Liverpul" dunyoning eng kuchli jamoasi emas, balki engish eng qiyin bo‘lgan jamoa bo‘lishini istaganini aytgan edi.

Klubning bir transfer mavsumida 400 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ sarflagani mersisaydliklarga mehr qo‘yganlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

"Liverpul" Florian Virtts va Ugo Ekitike bilan shartnomalar imzolagach, Florentino Peres davridagi "Real"ga, qudrati cho‘qqisiga etgan "Barselona"ga, ser Aleks Fergyuson APLning o‘zi xohlagan har qanday yuqori darajali futbolchisini jalb qila oladigan "Manchester Yunayted"ga yoxud Roman Abramovich va Abu-Dabi tomonidan sotib olinganidan so‘ng dastlabki transfer oynalarida "Chelsi" va "Manchester Siti"ga o‘xshab qoldi, - deya yozadi "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!