Karrager: "Virtsni asosiy tarkibdan olib tashlash kerak"

  • 1 oktabr, 10:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Galatasaray"ga qarshi mag‘lubiyat (0:1) va jamoaning umumiy o‘yini haqida gapirdi.

Tecno

"Menimcha, jamoada to‘g‘ri muvozanat yo‘q. Bu jihatdan eng ko‘zga tashlanadigani – Florian Virts.

U hozircha formaga kira olmadi. Yosh yigit, yangi ligaga o‘tdi. Albatta, "Liverpul" futbolchisi sifatida o‘zini ko‘rsatishi uchun hali etarlicha vaqti bor.

Biroq, hozir uni asosiy tarkibdan olib turish kerak, shunda jamoa o‘tgan mavsumdagi ko‘rinishini qaytaradi. Keyin esa ishonch orttirib, himoyani mustahkamlab, olg‘a harakat qilish mumkin.

Shu sababli hozir u erda to‘liq tartibsizlik hukm surmoqda. Masala yo‘qotish yoki mag‘lubiyatlarda emas, bu birinchi turdan beri davom etmoqda", – dedi Karrager.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!