Karvaxal tibbiy ko‘rikdan o‘tdi: jiddiy muammo aniqlanmadi

  • 10.02.2026 00:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" himoyachisi Dani Karvaxal o'tgan hafta tizzasi bo'yicha maxsus tekshiruvdan o'tish uchun Londonga yo'l oldi.

Madridliklar sardori 2024 yilda o'ng tizzasidagi oldingi krestsimon bog'lam, yon kollateral bog'lam va tizza osti payini uzib olgan edi. 2025 yil oktyabr oyida esa tizza kosachasida paydo bo'lgan erkin jism sababli o'yinlarda ishtirok etishni to'xtatishga majbur bo'lgan. Bu muammo unga jiddiy noqulaylik tug'dirgan.

Biroq "Real" tibbiy shtabiga taqdim etilgan xulosaga ko'ra, hozirda ushbu muammo bartaraf etilgan.

Karvaxal Angliyaga Antonio Ryudiger hamrohligida bordi. Ryudiger Londondagi klinikani "Chelsi"dagi faoliyati davridan yaxshi taniydi va o'zi ham tekshiruvdan o'tdi. Ko'rikdan so'ng Karvaxalning "bo'shashgan bo'g'im" haqidagi barcha xavotirlari bartaraf etildi. Jiddiy muammo aniqlanmagan va tibbiy xulosaga ko'ra, o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan futbolchi maydonga qaytishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!