Kasilyas prezident bo‘lishni xohlamadi

  • 15.06.2020 18:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi va Ispaniya terma jamoasining afsonaviy darvozaboni Iker Kasilyas mamlakat futbol federatsiyasi prezidentligiga qo‘ygan nomzodini olib tashladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchi nomzodligidan voz kechgani haqida yozdi, chunki hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va epidemiologik vaziyat, shuningdek, adolatli, oshkora saylovlar olib borish va umuman saylov kampaniyasi uchun noqulay vaqt hisoblanadi.

Shu tariqa ushbu lavozimga faqatgina yagona nomzod sifatida Ispaniya futbol federatsiyasining amaldagi prezidenti Luis Rubiales qoldi. Saylov esa 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!