Kassano: "Roma"dagi vaziyat shunchaki falokat"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Roma" sobiq futbolchisi Antonio Kassano rimliklarning joriy mavsumdagi natijasidan ko‘ngli to‘lmayapti. Klub o‘rtamiyona jamoalar bilan amallab durangga erishmoqda. 

"Roma" juda yomon harakat qilmoqda, shunchaki, falokat. Men Rimni yoqtiraman va o‘ylaymanki, klub muxlislari hozirgi natijalardan mamnun emas.
 
Norvegiyada "Bude-Glimt"dan uchralgan 1:6 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin "bo‘rilar"ning o‘yini yomonlashdi. "Roma" "Verona"ga qarshi o‘yinda ham yutqazib qo‘yishiga sal qoldi. Bu menga yoqmayapti. Klub kuchli ettilikdan tashqarida qolish xavfi ostida.
 
Mourino "Tottenxem"dagidan ham yomonroq ishlayapti. Garchi, u OAV nuqtai nazaridan doim birinchi o‘rinda tursa ham",  dedi Kassano.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!