Kataloniya klubi "Real" afsonasini ishga taklif qildi, biroq...

  • 18 iyul, 2022, 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubining afsonaviy hujumchisi Raul Gonsalesga La Liga klublaridan biri ish taklif qildi. Marca nashri xabariga ko‘ra, gap Kataloniyaning "Espanol" klubidan tushgan taklif haqida ketmoqda.

Tecno

Manbaning qayd etishicha, mutaxassis klub bilan qisqa muzokaralar olib borgan va bu vaqt davomida ularga rad javobini bergan. Raul “qirollik klubi”ning yoshlar jamoasi bilan ishlashni davom ettirishni maqul ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, “Espanol” o‘tgan mavsum La Ligani 14-o‘rinda yakunlagan edi.

Ma’lumot uchun, Raul Gonsales 1994 yildan 2010 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!