
Katanets: "3-marta sog‘ligim bo‘yicha ketsam, qaytib kelmayman"
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston va Eronga qarshi JCh saralash o‘yinlari uchun yig‘ini boshlagan. 6 iyun kuni Katanets shogirdalri Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
-Ertangi o‘yinda bizda bosim yo‘q, futbolchilar xotirjam harakat qilishadi. Bu narsani hisobga olgan holatda, Turkmanistonga qarshi o‘yinda rotatsiyalarni ko‘rishimiz mumkinmi?
-Sizga aytishim mumkinki, tarkibda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Har doim yangi futbolchilarni tarkibga qo‘shishni istasangiz, jamoa o‘yinini ham qaytadan tuzishingizga to‘g‘ri keladi va bu ma’lum bir vaqt kerak bo‘ladi. Uchrashuvni doimgi tarkib bilan boshlab, o‘yin davomida bir qancha futbolchilarga imkoniyat berishimiz mumkin. Ayrim o‘yinchilarimiz ko‘p o‘yin amaliyotisiz qolgan. Ularga o‘yin boshidan imkoniyat bersak, xato bo‘ladi.
-Bu narsa tarkibdagi raqobatni yo‘qolishiga olib kelmaydimi?
-O‘z tajribamdan kelish chiqib aytadigan bo‘lsam, tajribali futbolchilar bizni Jahon chempionatiga olib chiqadi. Terma jamao shu paytgacha ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazgan o‘yinchilar va etishib chiqayotgan yosh avlod bizni Mundial sari etaklaydi. Men yoshlarga imkoniyat berishim mumkin, lekin ulardan qanday foyda bo‘ladi. Biz o‘zimizning o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. Men jamoada raqobat bo‘lishini emas, balki futbolchilar bir-biriga yordam berishini istayman. Zamonaviy futbolda zaxirada maydonga tushganlar ko‘proq foyda keltirmoqda. Bizda ham shunday bo‘lyapti.
-Terma jamoamizni JChga olib chiqishga ruhan va jismonan tayyormisiz?
-Sog‘ligim haqida gapiradigan bo‘lsam, ancha vaqt ketib qoladi. O‘z vaqtida salomatligimga karamaganman va hozir davolanishga to‘g‘ri kelmoqda. Agarda 3-marta ketadigan bo‘lsam, qaytib kelmayman. Ishonamanki, bu narsa bo‘lmaydi. Men JChga chiqish uchun ruhan tayyorman.
-Osiyo kubogini tomosha qildingizmi, ya’ni mana shu turnir davomida Bo‘rievdan tashqari yana bir nechta ko‘z ostingizga olib qo‘ygan futbolchilar bormi?
- Nafaqat bu, balki avvalgi U-23 terma jamoasini ham kuzatganmiz. Shu o‘rinda ularni Olimpiadaga yo‘l olgani bilan ham tabriklab o‘tmoqchiman. Eng asosiy narsa, bu kamtarlik. Futbolchilar manmanlikka berilmasligi kerak.
-Siz O‘zbekistonni tark etganingizdan keyin ham Superliga o‘yinlarini tomosha qildingizmi?
-Albatta barcha uchrashuvlarni kuzatib boramiz. O‘yinlarni ko‘rishga menda hech qanday muammo yo‘q, hattoki Afrikadan turib ham, bahslarni bemalol ko‘ra olaman.
Fikrlar