Qatar "JCH-2026"dagi durangdan so‘ng FIFA reytingida O‘zbekistonni ortda qoldirdi

  • 15.06.2026 01:08
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatining 1-tur doirasida Qatar Shveytsariyaga qarshi bahs olib bordi. Osiyo qit’asi vakillari so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi — 1:1.

Mazkur natijadan so‘ng Qatar FIFA reytingida 6 pog‘ona yuqorilab, 50-o‘ringa chiqdi. Shu tariqa, Xulian Lopetegi shogirdlari O‘zbekistonni ham ortda qoldirdi. Ayni paytda “Oq bo‘rilar” 51-o‘rinni egalab turibdi.

FIFA formulasiga ko‘ra, kuchli raqibga qarshi qoniqarli natija reyting o‘sishiga sabab bo‘ladi. Odatda bu taxminan +3 dan +10 FIFA reytingi balli atrofida o‘zgaradi.

Ma’lumot uchun, Shveytsariya FIFA reytingida 19-o‘rinda turadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!