
"Katta Sem" hayratda
“Everton” jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardays o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkinlii haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Ayni vaqtda jamoa yaxshi holatda va men o‘z lavozimdan ozod etilishim mumkinligi haqidagi xabarlardan hayratdaman. “Everton” safar o‘yinlarida qiynalmoqda, biroq o‘z maydonimizda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapmiz.
“Byornli”ga qarshi o‘yin raqibga etib olish uchun imkoniyat. Bizning barqarorsizligimiz – eski muammo. Lekin bu narsa men jamoaga kelgach paydo bo‘lmadi. Bu holatni yaxshilashga harakat qilyapmiz, biroq bu hamon muammo”, – dedi Ellardays.
Fikrlar