Kavani bugun Londondagi o‘yinda MYuga yordam bera oladimi?

  • 3 mart, 2021, 10:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani jarohatidan forig‘ bo‘ldi va umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher xabar berdi.

“Edinson mashq qildi, u o‘zini tikladi. Hammasi yaxshi ketmoqda. Umid qilamizki, u mashg‘ulotdan so‘ng hech qanday muammoga duch kelmaydi va jamoa bilan o‘yinga borishi mumkin”, - dedi norvegiyalik mutaxassis.

"Manchester Yunayted" bugun APLning 29-turida safarda "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!