Kavani "Libertadores kubogi"da to‘p surishi mumkin

  • 30 mart, 2020, 13:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Boka Xuniors" sport ishlari bo‘yicha direktori Xorxe Bermudes klub PSJ hujumchisi Edinson Kavani transferini amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

"Ushbu transfer yaqin vaqtlar ichida amalga oshishiga umid qilyapman. Kavani biz uchun kerakli futbolchi, uning klub uchun katta foydasi bo‘ladi. Kavanining o‘zi ham "Boka"ga o‘tish istagida deb o‘ylayman", - deydi Bermudes.

Eslatib o‘tamiz, urugvaylik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi va u erkin agent sifatida istalgan klub tarkibiga borib qo‘shilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!