Kavani nemis grandi bilan kelishuvga erishdi

  • 03.08.2022 13:11
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Edinson Kavani Dortmundning “Borussiya” klubi bilan kelishuvga erishdi, deb xabar beradi “Bild” nashri.

Manbaga ko‘ra, tomonlar shartnoma borasida bir qarorga kelgan. Yagona muammo — maosh. Boisi, 35 yoshli urugvaylik futbolchining katta maoshi bo‘lib, u yiliga 10 million evro olishni olmoqchi.

Qayd etilishicha, Dortmund klubi buncha to‘lashga qurbi etmaydi, shuning uchun hujumchi maoshini sezilarli darajada kamaytirishga majbur bo‘ladi.

O‘tgan mavsumda Kavani mankunianliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. U 2022 yilning 30 iyunida erkin agent sifatida klubni tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!