Kavani o‘ziga yangi jamoa topdi

  • 4 iyul, 2020, 10:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJdan ketgan Edinson Kavani faoliyatini A Seriyada davom ettirishga yaqin turibdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, urugvaylik to‘purar keyingi hafta boshida “Roma” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu transfer bilan xalqaro investitsiya kompaniyasi shug‘ullanmoqda.

Kavani uchun A Seriya begona emas. U avval “Napoli” va “Palermo”da to‘p surgan. Shuningdek, urugvaylik hujumchiga “Nyukasl” va AQSh jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!