
Kavani uchun da’vogarlar soni yana bittaga ko‘paydi
Yaqin vaqtlar ichida erkin agent maqomini oladigan Edinson Kavani "Roma" qiziqishlari doirasiga kirdi, deya xabar bermoqda Giallorossi nashri.
Urugvaylik futbolchi uchun Rim klubidan tashqari "Intera", "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Nyukasl Yunayted" va "Atletiko" klublari da’vogarlik qilmoqda.
Joriy mavsum yakunlariga ko‘ra PSJ bilan mamlakat chempioni unvonini qo‘lga kiritgan hujumchi 14 o‘yinda 4 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar