
Kavani yangi jamoa bilan shartnoma imzoladi
PSJdagi faoliyatini yakunlaganidan keyin erkin agentga aylangan Edinson Kavani o‘ziga yangi ish joyi topdi. Urugvaylik tajribali hujumchi faoliyatini “Benfika” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Kavani portugaliyaliklar bilan imzolagan shartnomaga ko‘ra, yilliga 9 million evro maosh oladi.
Edinson Kavani 2007-2013 yillar davomida A Seriyada “Palermo” va “Napoli” jamoalari safida to‘p surgan. Keyingi etti yilni PSJda o‘tkazdi. Endi esa, mohir to‘purar Portugaliya chempionatini zabt etishga harakat qiladi.
Fikrlar