Kavaniga "Bavariya" ham xaridor bo‘lmoqda

  • 29.07.2020 15:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Le10Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, myunxenliklar Kavaniga jamoaning asosiy hujumchisi Robert Levandovskiga munosib o‘rindosh sifatida qaramoqda.

Bundan avvalroq esa, Edinsonga "Benfika", "Roma" va "Lids" klublaridan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aytish kerakki, yaqindagina uning PSJ bilan shartnomasi o‘z yakuniga etdi va shu u ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Kavani bungacha "Danubio", "Palermo", "Napoli" klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!