Kavaniga xaridor yo‘q
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Barselona" haligacha "Manchester Yunayted"ga urugvaylik hujumchi Edinson Kavanini sotib olish bo‘yicha birorta ham taklif bilan chiqqani yo‘q.
Manbaga ko‘ra, hujumchi "qizil iblislar"ning muhim qismi bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Barselona" hujumchisi Ferran Torres "Barsa" uchun transfer bozoridagi ustuvor variant bo‘lib qolmoqda.
Qayd etilishicha, Braziliyaning "Korintians" klubi ham Kavani borasida "Manchester Yunayted" bilan bog‘lanmagan.
Kavani joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar