Kay Haverts ham Germaniya terma jamoasidan ketdi

  • 26.09.2026 08:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi futbolchisi Kay Haverts jarohat olgani sababli milliy jamoa ixtiyoridan ketdi. U Niderlandiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvining 30-daqiqasida jarohat olgan. Bahs 1:1 hisobida yakunlangan.

The Athletic xabar berishicha, Haverts «Arsenal» ixtiyoriga qaytib, tiklanish jarayonini klubda o‘tkazadi. Uning son orqa mushaklaridagi jarohati qay darajada ekani klubda aniqlanadi.

Avvalroq Germaniya terma jamoasi tarkibida «Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musiala ham jarohat olgani va milliy jamoa ixtiyoridan ketishi ma’lum bo‘lgan edi.

Millatlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Germaniya 27 sentabr kuni Gretsiyaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!