Kay Haverts: "Yana muxlislarni ranjitish — juda og‘ir his"

  • 30.06.2026 05:40
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Kay Haverts Paragvayga qarshi Jahon chempionati 1/16 finalidagi mag‘lubiyatdan (1:1, penaltilar seriyasida 3:4) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Yana muxlislarni ranjitish — juda og‘ir his. Biz shunday buyuk davlat nomidan maydonga tushamiz. Biz, futbolchilar, o‘zimiz haqimizda jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz kerak", — dedi Haverts.

Eslatib o‘tamiz, Haverts asosiy vaqtning 54-daqiqasida hisobni tenglashtirgan edi. Biroq penaltilar seriyasida "nemis mashinasi" mag‘lub bo‘lib, mundialni tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!