Kayl Uoker: "Angliya libosidagi xotiralar bir umr yodimda qoladi"
"Börnli" himoyachisi Kayl Uoker Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlandi. Bu haqida futbolchi o‘z ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
"O‘n yildan ortiq vaqt davomida mamlakatim sharafini himoya qilgach, xalqaro futboldagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Angliya terma jamoasi safida to‘p surish men uchun doim faoliyatimdagi eng katta sharaf bo‘lgan va men bu bilan hamisha faxrlanaman. Har bir jamoadoshimgа, murabbiyimga, menejerga, muxlislarga va ushbu yo‘lning bir qismi bo‘lgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarning har bir hayqirig‘i jamoani olg‘a undadi va men Jahon chempionatida yigitlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ularga qo‘shilishni intizorlik bilan kutyapman. Angliya libosidagi xotiralar bir umr yodimda qoladi. Shuningdek, har qadamda meni qo‘llab-quvvatlagan oilamga ham tashakkur aytmoqchiman. Ular bu yo‘lni yanada o‘zgacha qildilar va men bu lahzalarni ular bilan baham ko‘rganimdan hamisha minnatdor bo‘laman", - deya yozdi 35 yoshli futbolchi o‘z sahifasida.
Ma’lumot uchun, Uoker 2011 yildan boshlab Angliya terma jamoasi safida o‘ynashni boshlagan. U terma jamoa safida jami 96 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. "Uch sherlar" bilan himoyachi ikki marta - 2020 va 2024 yillarda Yevropa chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar