
«Kayzerslautern»-98 – nemis futbolining bosh mo‘jizasi (1-qism)
1996-yilda «Borussiya Dortmund» bilan ketayotgan eng qizg‘in chempionlik poygasida hamda UEFA kubogi finaliga bir hafta qolganida Rexagel«Bavariya»dan iste’foga chiqariladi. Bundan jahli chiqqan murabbiy Bekkenbauer bilan bo‘lgan suhbatdan ikki soat o‘tib Myunxendan ketdi va keyinroq «Die Zeit» nashriga bergan intervyusida o‘zini klubda doim ortiqcha his qilganini e’tirof etdi. «Bavariyada bosh murabbiydan tashqari mutlaq hamma futbolni tushunadi. Rahbariyat bizdan raqiblarni kamsitgan holda chiroyli g‘alaba qozonishni talab qiladi. O‘yinni shouga aylantirishni istamadim. Mening tushunimcha, futbol biroz boshqacha qurilgan.»
Rexagel yarim yil davomida «Bavariya»da jamoaviy qadriyatlarni uyg‘otishga harakat qilib ko‘radi, ammo Bild nashri jamoada o‘sha vaqtda kuniga bir qancha janjalli mojarolar to‘qib chiqaravergan bir pallada buni amalga oshirish imkonsiz edi. Murabbiy sobiq jamoasiga qaytishni xohlaydi, ammo Rexagel 14 yil (1981-1995) ishlagan va ichki barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan «Bremen»da joy band edi.
Otto «Kayzerslautern» taklifini qabul qiladi. Birinchidan, uni do‘sti (bo‘lajak klub prezidenti Yurgen Fridrix) chaqirib oladi. Ikkinchidan, esa uning o‘zi 6 mavsum himoyachi sifatida o‘ynagan, hamda ushbu jamoa u uchun qadrdon klubga aylanib qolgandi. Uchinchidan, bu joyning sig‘inadigan darajada maqomi yuqoriligi tufayli ham edi.
Kayzerslautern – nemis futbolida hamma tan olgan kuchli jamoa. 1954-yilgi jahon chempionati finalida Germaniya terma jamoasi asosiy tarkibidagi 5 futbolchi «Kayzerslautern» vakillari edi. Ulardan 4 tasi – aka-uka Valterlar, Kolmaer va Librixlar mahalliy aholilardan edi. «Jahon kubogidagi dastlabki g‘alaba shunchaki sport voqeasi bo‘lmagan, - deb eslaydi sobiq nemis futbol uyushmasi rahbari Gerxard Maer-Forfelder. – U Germaniyaga xalqaro hamjamiyatdagi rolini qaytardi. Biz ortiq nazardan qolgan shaxs emasdik va mamlakatimiz uchun faxr tuyg‘usini tuydik». Ko‘pchilik nemislar shu paytgacha 1954-yil 4-iyulni Bundesrespublika tashkil topgan kun deb hisoblashadi (Bernda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalida Germaniya Pushkashning Vengriyasi ustidan g‘alaba qozongan kun).
1995/96-yilgi mavsumda «Kayzerslautern», dastlab quyi diviziondan ko‘tarilgan, tarixda birinchi marta vitse-chempion bo‘lgan. O‘yindan keyin studiyada jahon chempioni – Andi Breme Rudi Feller elkasiga boshini qo‘yib yig‘lagan – yilning eng qayg‘uli videosi bo‘lgandi o‘sha payt. Haqiqatdan ham, bir hafta o‘tib, «Kayzerslautern» Germaniya kubogi g‘olibiga aylandi va bu nemis futboli tarixida chempionatdan chiqib ketgan klubning g‘olib jamoaga aylanishi tufayli o‘zining nomini o‘chmas harflar bilan qoldirishiga sabab bo‘ldi.
“Otto bizga erkinlik berdi – deb o‘sha vaqtlarni eslaydi «Lautern» hujumchisi Olaf Marshall. – Bizni o‘yinlarimiz raqiblarni uch soatlik o‘yin tahlili asosiga qurilmagan edi. Biz ikkinchi ligadagi barcha jamoadan kuchli ekanligimizni hamda quyi ligadan tezroq ko‘tarilishimiz kerakligini shunchaki bilar edik. Ba’zi-ba’zida murabbiy asosiy tarkibga shunday derdi: «ishga kirishinglar, azamatlar!» va biz qolganini bajarardik”.
Rexagel futbolchilarga futbol maktabidagi o‘smirlar bajaradigan juda ham sodda mashqlarni ko‘rsatar edi va bu mashg‘ulotlar futbolchilarga o‘ta darajada bosim bo‘lmasligidan qayg‘urardi. “Yuklanmasiz navbatdagi kun men o‘ylashimcha: «Buni barchasi albatta, ruhiy tetiklikni ushlab turish uchun, ammo haqiqiy mashg‘ulot qachon boshlanadi?» – deb ajablanardi yarim himoyachi Andreas Buk. – Mutaxassislar bizni domiy ehtiyotkorlik rejimida ushlab turishardi”.
«Lautern» ga o‘rtacha 35 600 kishi (shaharning 1/3 qismi) borishdi. Bu ko‘rsatkich Evropa quyi ligalaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarning eng yaxshisi edi.
Tarkibida Rodjer Luts (31), Aksel Roos (31) va Miroslav Kadlets (32) kabi futbolchilar bo‘lgan «Kayzerslautern» 1991-yilda bundesligada birinchi g‘alabasini nishonladi. «Miro Kadlets Evropada eng yaxshi libero futbolchilardan biri edi. Agar murabbiydan biroz qo‘llab-quvvatlashi bilan hamda introvert bo‘lmasa qaerga borsa, o‘sha erda jiddiy g‘alabalarga erishuvchi futbolchilardan edi», - jamoaning mashhur fanati Andre Vagner chexlarga xos xarakter bilan tasvirlaydi.
Bremeni achinarli ahvoli ko‘rsatilgan videoni ko‘rganidan so‘ng, Reynland-Pfaltsga kelishga ko‘nadi hamda Braziliyalik Ratino – «Lautern» dan kutilmagan omadli transferga aylanadi. «Mening yuragim larzada. Andreas va fanatlar xuddi oila a’zolarini yo‘qotgan holatda edi. Menda ularni klubga bo‘lgan muhabbati juda kuchli taassurot qoldirdi», - deya o‘sha vaqtlarni eslaydi Ratino. 2003-yilda u Xitoyga ketganida sobiq o‘yinchisini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni hayotidagi eng zo‘r mavsum bo‘lishga hissasini qo‘shganiga minnatdorchilik bildirish uchun 30 ta nemis fanati Guanchjouga atayin yo‘l oladi.
“Men «Kayzerslautern» dek quyi sinfdagi jamoalar bilan ishlashni juda yaxshi tushunaman, sababi menda «Bremen» da ishlagan paytimda 14 yillik jamoani dinastiya darajasiga etkazish tajribasiga ega bo‘lganman, - fikr yuritadi Otto. – Ikkinchi ligadagi birinchi mavsum men uchun o‘zgacha mavsum edi. Men maksimal, oddiy va tushunarli sxemani joriy qildim. O‘yin rejasi bizda doimo bir xil edi: Martin Vagner qanot bo‘ylab harakatlanib, Olaf Marshall esa boshi bilan zarba berardi. To‘p to‘rda. Muxlislar baxtli. Mana hammasi shu”.
«Kayzerslautern» butun mavsum davomida biron marta uyda mag‘lubiyatga uchramagan (14 ta g‘alaba) va «Frits-Valter-Shtadione» lar hisobida o‘rtacha o‘yinlar bo‘yicha 2,5 gol bor edi.
Tajribali o‘yinchilar «Lautern» ga yo‘qotishsiz ikkinchi ligadan ko‘tarilishga yordam berishdi. Natijada jamoa «Gerta», «Mayns» va «Volfsburg» va boshqa raqobatchi jamoalardan 10 ochko bilan o‘tib ketib, birinchi o‘rinni egalladi.
«Kayzerslautern» yil bo‘yi elitada bo‘lmadi, ammo bu vaqtda bundesliga Evropada deyarli eng kuchli chempionatga aylandi. Chempionatda chempionlar ligasining amaldagi chempioni («Dortmund») va UEFA kubogi sohibi («Shalke»), yana biri oxirgi ikki mavsumni chempioni Elbera va Lizarazyu kelganidan so‘ng, yanada kuchliroq bo‘lgan «Bavariya» o‘ynardi.
1994-yildan 2003-yilgacha «Bavariya» va «Borussiya D» 10 tadan 9 ta chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Faqat bir marta Myunxen-Dortmund qatnovidagi unvonni tarkibida bironta yulduzi bo‘lmagan Rexagel murabbiyligi ostidagi «Kayzerslautern» olib qo‘ydi. Grand jamoalar bunga tayyor emasdilar.
Hattoki birinchi bundesligaga qaytishiga ishongandan keyin ham Rexagel muxlislar va rahbariyat uchun qahramonga aylanolmadi. Uning ishlash metodi orqada qolganligi to‘g‘risida doimo sport direktori Xans-Peter Brigel tanqid qilishda davom etdi. «To‘g‘risini aytsam, himoyada o‘ynash va o‘ta darajada yopiq o‘ynash qabilidagi zamonaviy futbol haqida suhbatlar meni qorishtirib tashadi, - deydi Otto. – Zamonaviy futbolda g‘olib bo‘ladigan jamoa o‘ynaydi, shu sababdan men zamonaviy futbolda o‘ynayman. Brigel avval ikki chempionlik unvonini olsin, so‘ngra meni tanqid qilishi mumkin». Rexagel ish uslubi ottokratiy (demokratik shaxsning avtokratiyasi) deb nomlanadi hamda u hammagayam yoqavermasdi.
Davomi bor
Fikrlar