Kazemiro: Bu chempionatga bormayman!
“Manchester Yunayted” tarkibida eng katta maosh olayotgan oʻyinchilardan Kazemironing klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi va tajribali futbolchi oʻziga yangi jamoa topishi kerak.
Yevropadagi ayrim manbalar Kazemiro oʻz yurti Braziliyaga qaytib ketishi va “SanPaulu” tarkibiga qoʻshilishi mumkinligi haqida axborot chiqargan edi. Biroq asl vaziyat boshqacha ekan.
“San-Paulu” sport direktori Ruy Kostaning aytishicha, klub futbolchiga hamkorlik haqida taklif bermagan va Kazemironing oʻzi ham boshqa variantlarni koʻrib chiqishga moyillik bildirgan.
Bu mavsumda Kazemiro 25 ta oʻyinda ishtirok etib, 5 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Klub rahbariyati yanvar oyida tajribali futbolchiga yangi shartnoma berilmasligini maʼlum qildi.
Fikrlar