
Kazemiro: MYu bilan chempion bo‘lishni istayman. Maqsadim jiddiy
"Real" futbolchisi Kazemiro "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgani haqida xabaringiz bor. Bugun yarim himoyachi madridliklar bilan xayrlashuv marosimida ishtirok etdi va ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
"Real"da men yaxshi futbolchi va inson bo‘lib etishdim. Bu klubdan umrbod minnatdorman. Ko‘p narsa o‘rgandim va o‘rganganlarimni yangi jamoada ham sinab ko‘rmoqchiman.
Men "Manchester Yunayted" buyuk klub ekanini bilaman. Bunday jamoalarning maqsadi ham o‘zi kabi bo‘lishi kerak. "Qizil iblislar" bilan chempion bo‘lishni xohlayman. Bu borada jiddiy ekanimni bilishingizni istardim.
Buning uchun hamma narsaga tayyorman. Agar imkonim bo‘lganida, bugun "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ham maydonga tushishga tayyor edim", - dedi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar