Kazemiro qaysi ligaga borishi ma'lum bo'ldi

  • 27.02.2026 05:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”ning eng mashhur oʻyinchilaridan Kazemiro joriy chempionat yakunlanishi bilan klubni tark etadi.

Manchesterliklar katta maosh olayotgan futbolchi bilan yangi bitim tuzmasligini oldindan  maʼlum qilgan.

Shu bois, braziliyalik yulduz oʻziga boʻlayotgan takliflarni oʻrganib chiqmoqda. Jurnalist Semyuel Lakhsterstning maʼlum qilishicha, tajribali yarim himoyachi Evropada qolishga qaror qildi.

Futbolchiga yaqin manbalar Kazemiro oʻz kuchini Italiya chempionatida sinab koʻrishga moyillik bildirganini taʼkidladi.

Kazemiro bir necha kun oldin 34 yoshni qarshi oldi. U “Manchester Yunayted”dan oldin Evropada “Real” va “Portu”da oʻynagan.

Avvalroq matbuotda Kazemiro hamkorlik masalasida “Inter Mayami” rahbarlari bilan uchrashgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!