Kazemiroga Angliyaning o‘zidan zo‘r ish chiqdi
“Manchester Yunayted”dan juda katta maosh olayotgan braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro joriy mavsum tugaganidan keyin Londonga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bu haqida Topskills Sports xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Arsenal” mutasaddilari 34 yoshli futbolchini erkin agent maqomida o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun Kazemironing agentlari bilan bog‘langan va bu masalani muhokama qila boshlagan.
Kazemiro “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Artetaga yoqadi va ispaniyalik mutaxassis tajribali yarim himoyachining kelishi klubga yirik sovrinlar yutishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, Kazemiroga “Milan” va “Yuventus” kabi Italiya klublaridan chorlov bo‘lyapti.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Kazemiro Angliya Premier-ligasida qolish variantini ma’qul ko‘rmoqda va unga “Arsenal” taklifi ma’qul kelgani aytilmoqda.
Fikrlar