Kelasi yil MMA bo‘yicha yangi liga ochiladi!

  • 16.09.2026 02:14
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bellator va Strikeforce ning sobiq prezidenti Skott Koker 2027 yilning birinchi choragida o‘zining debut turnirini o‘tkazadigan yangi liga bilan aralash jang san’atiga rasmiy qaytdi.

Dushanba kuni Koker va uning matchmeyker Rich Choyu hamda media-menejer Piter Levin dan iborat jamoa matbuot anjumani o‘tkazib, promoushen "Ki MMA" deb nomlanishini e’lon qildi. Bu yerda "Ki" yaponcha so‘z bo‘lib, "ruh, aql va quvvat" degan ma’noni anglatadi. Ligadagi janglar ringda bo‘lib o‘tadi, bu yapon yakkakurash an’analariga yana bir ishora hisoblanadi.

Bundan tashqari, ushbu turnirda rossiyalik afsonaviy sportchi Fyodor Yemelyanenko ham ishtirok etishi haqida ham xabarlar tarqalyapti.

Shuningdek, Skott Koker 32 nafar jangchi ishtirokida yarim engil vazn toifasida Gran-pri o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Sakkiztadan sportchi to‘rtta mintaqa: Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Osiyo va Yevropa nomidan ishtirok etadi. Har bir hududdan bitta dan vakil xalqaro bosqichning yarim finaliga yo‘l oladi.

Tashkilot turnirlarni o‘tkazishni rejalashtirayotgan shaharlar va mamlakatlar orasida San-Xose, Dublin, Budapesht, Braziliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, shuningdek, Italiya va Frantsiya nomlari keltirilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!