Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kerrik Brunu Fernandesh bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazdi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Brunu Fernandesh bilan kelishmovchiliklarni muhokama qilib, uni «Chelsi»ga qarshi o‘yinga qo‘ymoqchi.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa yetakchilaridan biri, portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandes bilan shaxsiy suhbat o‘tkazdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuvda murabbiy va futbolchi o‘rtasida so‘nggi kunlarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar muhokama qilingan. Avvalroq Brunu Fernandes Chempionlar ligasida «Komo»ga 1:4 hisobida mag‘lubiyatdan so‘ng Kerrikning qarorlarini ochiq tanqid qilgan edi. Shundan keyin bosh murabbiy portugaliyalik futbolchini APL doirasidagi «Bornmut»ga qarshi uchrashuvni zahiradan boshlashga majbur etdi. Ushbu bellashuvda «Manchester Yunayted» 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fabrizio Romanoning ta’kidlashicha, shunga qaramay, Brunu Fernandes kelayotgan turda «Chelsi»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda. APL doirasidagi ushbu bahs shanba, 31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Hozircha «MYu» sakkiz turdan so‘ng yetti ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q