Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kerrik hujumchi haqida yomon xabarni ma'lum qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat juda og‘ir

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoa hujumchisi Benyamin Sheshkoning ahvoli haqida ma’lumot berdi. Sloveniya terma jamoasi futbolchisi sentabr oyi o’rtalarida maydonga tushganidan beri o’yinlarda ko’rinmayapti.

«Afsuski, Sheshko safdan chiqdi. Hozircha uning qancha muddat o’yinlarga qaytolmasligini aniq ayta olmaymiz, lekin gap ancha uzoq tanaffus haqida ketyapti. 

Bu ma’lum bir jarayon, uni bosqichma-bosqich bosib o’tish kerak. Sog’ayish jarayoni bor, unda badanining reaksiyasini kuzatib, keyingi qadamlarni belgilaymiz. Hozir shu ustida ishlayapmiz.

Eng afsuslisi, buning barchasi Benyaming o’zi uchun juda og’ir. U oldin ham ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan, endi yana o’ynay olmayotgani katta zarba. Uni imkoniy boricha tezroq maydonga qaytarish uchun qo’limizdan kelgan hamma ishni qilamiz», – dedi Kerrik matbuot anjumanida.

31 oktyabr kuni «Manchester Yunayted» Premyer-ligada safarda «Chelsi»ga qarshi o’yin o’tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q