Kerrik «Manchester Yunayted»ning oʻyinidagi oʻsishni qayd etdi

  • 18.10.2026 21:40
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya chempionati doirasida «Lids»ga qarshi kechgan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.
«Bu, shubhasiz, to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam bo‘ldi. Agar jamoamizning zaif tomonlari bo‘lsa, bugun ularning barchasi namoyon bo‘ldi. O‘yin mukammal o‘tmedi. Bizda favqulodda ishonch yo‘q edi, ammo futbolchilar barchasini to‘g‘ri bajarishga harakat qilishdi», — dedi Kerrik Sky Sports nashriga.
Mutaxassis ayrim vaziyatlarda uning qo‘l ostidagi jamoa haqiqatan ham yaxshi o‘ynaganini va butun tarkib bilan himoyalanganini ta’kidladi.
«Manchester Yunayted» g‘alabasiz o‘yinlar seriyasini oltitaga yetkazdi. Mankunianliklar keyingi uchrashuvni 20 oktabr kuni Chempionlar ligasi doirasida «Komo»ga qarshi mehmonda o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!