Kerrik: "Menga "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lish yoqyapti"

  • 26.01.2026 02:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" vaqtinchalik bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoani boshqarish unga yoqishini tan oldi.

Angliya Premyer-ligasining 23-tur doirasida MYu "Arsenal"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Qayd etish joiz, Kerrik rahbarligidagi ilk o‘yinda manchesterliklar "Manchester Siti" ustidan ham g‘alaba qozongan edi.

— Murabbiylar shtabi va futbolchilarga katta rahmat aytaman. Ular jamoa uchun juda ko‘p mehnat qilishyapti. Ularga yordam berish, ayrim gaplarni aytish oddiy hol, ammo eng muhimi — futbolchilar shu ruhda yashashi kerak va ular aynan shunday qilishyapti. Bu zahiradan maydonga tushayotgan o‘yinchilarda ham, jamoadagi birdamlikda ham yaqqol ko‘rinyapti. Hamma birga ishlaganda, barcha o‘yinga hissa qo‘shganda va oxirida muxlislar bilan birga g‘alabani nishonlash — juda yoqimli. Bu muhim va tarixiy lahza.

Bolalarim ham stadionda edi, ular endi katta bo‘lishgan, buning o‘ziyoq alohida his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bunday o‘yinlardagi ishtiyoq, hayajon va cho‘qqiga chiqish — ajoyib tuyg‘u.

— Keyingi mavsumda ham jamoani boshqarishni istarmidingiz?

— Menga bu yoqyapti. Bu ajoyib lavozim. Keyin nima bo‘lishini har hafta muhokama qilmoqchi emasman. Menga yoqyapti va qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishda davom etaman, — dedi Kerrik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!