
Ketma-ket 10 ta bahsda zafar quchgan "Real"ning g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘yildi (FOTO)
La Liganing oxirgi turida "Real" klubi "Leganes"ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Zinedin Zidan shogirdlari restartdan keyin, ilk bor ochko yo‘qotdi. "Qaymoqranglilar"ning ketma-ket 10 ta bellashuvdan iborat bo‘lgan g‘alabali seriyasi yakunlandi.
Shu tariqa, madridliklar La Ligada "Barselona"ni 5 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar