Ketmasang bo‘lmaydi, o‘rningga boshqa hujumchi chaqiriyu qo‘yganmiz!

  • 05.09.2026 13:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi jamoa hujumchisi Risharlisonning kelajagi borasida fikr bildirdi.

– Menimcha, Risharlison o‘z qarorini o‘zi qabul qildi. Mavsum oldi yig‘inlarining boshida u men bilan suhbatlashdi va jamoani tark etmoqchi ekanini aytdi. Shuning uchun biz boshqa hujumchini taklif qildik. 

Tayyorgarlikning ilk kunlaridanoq men bu yerda faqat klubda qolishni, sharaf va havas bilan o‘ynashni istaydigan futbolchilarni ko‘rishni xohlaganman, – deya de Dzerbining so‘zlarini keltiradi BBC.

29 yoshli braziliyalik futbolchi «Trabzonspor» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Biroq klublar o‘rtasidagi muzokaralar hali yakuniga yetmagan – tomonlar transfer narxi bo‘yicha kelisha olmayapti. «Tottenxem» 15 va 20 million funtlik takliflarni rad etgan.

Avvalroq Risharlison London klubining joriy mavsum APL uchun taqdim etilgan ro‘yxatiga kiritilmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!