Keynimjaeva va Esenbaeva bronza medali uchun, Laylo Sobirova esa Yaponiya vakilasiga qarshi kurashadi
Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati davom etadi. Musobaqaning bugungi kunida ayollar kurashi boʻyicha bellashuvlar oʻtkazilib, unda ikki nafar vakilimiz bronza medali uchun gilamga chiqsa, yana besh nafar sportchimiz saralash bahsida ishtirok etadi.
Bronza medali uchun:
-50 kg: Aktenge Keunimjaeva – Nipuni Pedige (Shri-Lanka) / Munhnar Byambasuren (Moʻgʻuliston)
-59 kg: Ulmeken Esenbaeva – Sezim Jumanazarova (Qirgʻiz Respublikasi)
Bugun saralash bahslarida qatnashadigan qizlarimiz va ularning raqiblari:
-53 kg: Sohibjamol Esbўsinova – Ya Chen (Xitoy Taipeyi)
-57 kg: Laylo Sobirova – Sara Natami (Yaponiya)
-62 kg: Nigina Sobirova – Balqis Taibin (Iordaniya)
-65 kg: Feruza Esenbaeva – Narxajid Nyamsuren (Moʻgʻuliston)
-72 kg: Sevinchoy Polvonova – Mahiro Yoshitake (Yaponiya)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar