Kevin de Bryuyne Messidan Ronalduni ustun ko‘rdi

  • 21.05.2025 18:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" a’zosi Kevin de Bryuyne mavsum so‘nggida klubni tark etishini ma’lum qildi. Yarimhimoyachini Saudiyaning "An-Nasr" va MLSning "Inter Mayami"  jamoalar o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchi Messidan ko‘ra Ronaldu bilan o‘ynash afzal ekanligini aytib o‘tdi.

"Men Ronaldu bilan bir klubda o‘ynagan bo‘lardim, chunki u mukammal hujumchi " - dedi Belgiya terma jamoasi sardori.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi joriy mavsumda APLning 27 bahsida maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta assist muallifiga aylangan. Uning "shaharliklar"bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi va Kevin erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!