Kevin de Bryuyne yanvarda kutilmagan jamoaga o‘tmoqchi

  • 27 dekabr, 2024, 11:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryoyne faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Joze Mourino tajribali yarim himoyachini “Fenerbahche”da ko‘rmoqchi.

Fanatik nashrining yozishicha, turklar belgiyalik futbolchi qishki transferlar davrida qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi. Buning uchun “Fenerbahche” 35 million evroga baholanayotgan transferga xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Kevin de Bryuynega AQSh va Saudiya Arabistonidan ham takliflar bor. O‘yinchining o‘zi AQSh chempionatiga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan.

33 yoshli charm to‘p ustasi o‘zi uchun  joriy mavsum “Manchester Siti”dagi oxirgisi ekanini yaxshi biladi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!