Keyin ketadi! Ronalduning futbolda bitta maqsadi qoldi

  • 06.09.2026 12:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“An-Nasr” bosh murabbiyi Angelos Postekoglu Saudiya Arabistoni klubi va Portugaliya terma jamoasi to‘purar hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

- Men buyuk futbolchilar bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘lganman. Ularning barchasi shaxsiyati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bir xil fazilatlarga ega.

Ularning barchasida nihoyatda motivatsiya kuchli va diqqatini maqsadiga qaratgan. Odamlar: “Ular bilan qanday ishlaysiz?” deb so‘raydi. Bir sobiq murabbiy bir vaqtlari aytgandek, ba’zan buyuk futbolchilar bilan ishlash o‘zini buyuk, deb hisoblaydigan futbolchilar bilan ishlashdan ancha oson bo‘ladi.

Chunki buyuk futbolchilar qattiq mehnat qiladi. Ular motivatsiyaga ega. Ular to‘g‘ri ish qiladi. Murabbiy yoki menejer sifatida esa sen: “Menga ham xuddi shunday futbolchi kerak”, deb o‘ylaysan.

Bu Ronalduda ham yaqqol ko‘rinadi. U hanuz juda kuchli motivatsiyaga ega, uning aniq maqsadlari bor. U 1000 ta gol urishga yaqinlashmoqda va bu haqiqatan ham aqlbovar qilmas natija bo‘ladi, - deya Postekogluning so‘zlarini ESPN keltiradi.

Avvalroq Ronaldu kelasi mavsum uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!