Keyin hotirjam kutamiz! “Chelsi” zo‘r futbolchi transferini oldindan hal qilib qo‘ymoqchi

  • 15.09.2026 18:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” klubi kelasi yozda “Bornmut” yarim himoyachisi Aleks Skottni sotib olishni rejalashtirgan va bu bitimni imkon qadar tezroq kelishib olishga umid qilmoqda.

Londonliklar o‘tgan yozda ham Skottni tarkibiga qo‘shishni istagan va hatto 60 million funt sterlinglik taklif bilan chiqqan edi. Biroq “Bornmut” bu taklifni darhol rad etgan.

“Bornmut” boshidanoq Skott va Eli Zhunior Krupi kabi asosiy futbolchilari yozgi transfer oynasida klubni tark etmasligini ma’lum qilgan. Shuning uchun “Chelsi”ning futbolchini qo‘lga kiritish borasida katta umidi yo‘q edi.

Transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, “Chelsi” Skottga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmadi. 23 yoshli angliyalik futbolchi Enzo Fernandez “Manchester Siti”ga sotilganidan keyin zaiflashgan yarim himoyani kuchaytirish bo‘yicha klubning ustuvor maqsadi bo‘lib qolmoqda.

TEAMtalk xabar berishicha, “Chelsi” Skottni qishki transfer oynasida qo‘lga kiritishga umid qilmayapti. Biroq kelasi yozda bu transfer amalga oshishi mumkin, chunki o‘sha vaqtda kelib Aleksning shartnomasi tugashiga atigi 12 oy qoladi.

Bundan tashqari, “Chelsi” kelasi yozni kutmasdan, “Bornmut” bilan muzokaralarni oldindan boshlashga tayyor. Bu “aristokratlar”ga kelajak rejalarini yaxshiroq tuzish va Aleksning narxi oshib ketishi hamda futbolchi uchun raqobat kuchayishi xavfini istisno qilish imkonini beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!