Keylor Navas faoliyatini A seriyada davom ettirishga rozi bo‘ldi

  • 13 avgust, 2022, 14:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ darvozaboni Keylor Navas "Napoli"ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda insayder va jurnalist Nikolo Skira tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, kelishuv ijara asosida amalga oshiriladi. Klublar o‘zaro kelishib olishlari kerak. Agar PSJ Navasning maoshi bir qismini to‘lashga rozi bo‘lsa, futbolchi A seriya klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Parij klubi bosh murabbiyi Kristof Galte yangi mavsum asosiy darvozabon Janluiji Donnarumma bo‘lishini aytdi. Shu bois, kosta-rikalik posbon JCh oldidan boshqa jamoaga o‘tishni istamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 2021/22 yilgi mavsum Navas PSJning barcha musobaqalar doirasidagi 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!