
Keyn 2017 yildagi 53-golini kiritdi, u Messidan o‘tib ketishi mumkin
Londonning “Tottenxem” klubi hujumchisi Xarri Keyn kecha bo‘lib o‘tgan APLning 19-turida “Byornli” darvozasiga 3ta to‘p kiritdi.
Premer-ligada bir yilda 36ta gol kiritib Alan Shirerning rekordini takrorlagan Keyn 2017 yildagi gollari sonini 53taga etkazib oldi.
E’tiborlisi, 24 yoshli forvard bu ko‘rsatgich borasida 53tadan gol kiritgan Krishtianu Ronaldu («Real»), Edinson Kavani («PSJ») va Robert Levandovski («Bavariya») kabi futbolchilarga etib oldi. Kechagi “el-klasiko”da gol kiritgan Lionel Messi (“Barselona”) hisobida esa 54ta gol mavjud.
Ammo, Xarri Keynda Messini ortda qoldirish imkoniyati mavjud. Boisi, 26 dekabr kuni “shporlar” “Sautgempton”ga qarshi bahs olib borishadi.
Fikrlar