Keyn "Bavariya"ning EChLni yutish imkoniyati haqida gapirdi
Xarri Keyn "Bavariya"ning Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyati haqida gapirdi.
"Albatta, qiyin bo‘ladi. Ayni damda Evropada ajoyib jamoalar bor. Biz ishlashda davom etishimiz va takomillashishimiz kerak.
Bizda Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun ajoyib jamoa bor, ammo hali oldinda uzun yo‘l bor.
Guruhlar kelasi haftada ma’lum bo‘ladi, keyin esa bor e’tiborimizni futbolga qaratamiz va har bir o‘yinda o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz", - dedi "Bavariya" hujumchisi.



Fikrlar