Asosiy mazmunga oʻtish

Keyn: "Guruh bosqichini kutilganidek yakunlay olmadik, endilikda barcha e’tibor — pley-offda"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Futbolchi guruh bosqichidagi natija haqida gapirdi

Myunxenning "Bavariya" jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati–2025 guruh bosqichining so‘nggi turida "Benfika"ga qarshi kechgan uchrashuvdagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. Ushbu bellashuvda nemis grandi portugaliyaliklarga 0:1 hisobida yutqazdi.

"Guruh bosqichini rejamizdagidek yakunlay olmadik. Ammo bu — ortda qoldi. Endilikda barcha diqqatimizni pley-off bosqichiga qaratamiz" — deb yozdi ingliz to‘purari o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.

Shu tariqa, Vensan Kompani shogirdlari o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichining ilk raundida "Bavariya" Braziliyaning "Flamengo" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q