Kyeza: "Ronaldу jarima maydoniga uzatma berishimni doim talab qilardi"
"Liverpul" vingeri Federico Kyeza "Yuventus"da Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan davrlarini esladi.
Ronuldu bilan "Yuventus"da, Saloh bilan esa "Liverpul"da o‘ynadingiz. Ular insonmi yoki o‘zga sayyoralikmi?
"Krishtianu — super futbolchi. Lekin agar o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi finaliga chiqqanimizda, Muhammad Saloh "Oltin to‘p"ni yutishi mumkin edi. Ikkalasining ham ochligi va g‘oliblik mentaliteti bir xil. Faqat birida beshta "Oltin to‘p" bor, ikkinchisida esa yo‘q."
Bosingizni past qilib o‘ynaysiz degan tanqidlar ta’sir qiladimi?
"Mayli, boshimni past qilib o‘ynayveraman. Bu meni xafa qilmaydi. Kareramga qarang: men sovrinlar yutdim, kuchli klublarda o‘ynadim.
Men ko‘plab golli uzatmalar ham berganman. Ulardan biri ayniqsa yodimda — Ronalduga bergan pasim. U bilan o‘ynaganda bosingizni ko‘tarishga to‘g‘ri keladi. Krishtianu doim: "Jarima maydoniga, jarima maydoniga!" deb baqirardi. U ko‘proq havodan pas berishimizni talab qilardi va haq edi. Chunki u boshqalardan ikki baravar balandroq sakrar edi", — dedi Kyeza.

Fikrlar