Asosiy mazmunga oʻtish

Boshqalar

Kikboksing. Guliston O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Sportchilar 5 ta yo‘nalishda kurash olib borishadi.

O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi joriy yilning 26-28 oktyabr kunlari Guliston shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatini o‘tkazadi.

O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, “Alpomish” sport kompleksida o‘tkaziladigan mamlakat birinchiligida 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yosh kikboksingchilar ishtirok etadi.

Sportchilar kik-layt, layt-kontakt, ful-kontakt, lou-kik, kik-layt yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q