Kiki Bertens endi Yoxanna Konta bilan kuch sinashadi

Gollandiyalik tennischi Kiki Bertens Indian-Uellse shahrida o‘tayotgan turnirning ikkinchi davrasida polshalik Magda Linettni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Bertens "BNP Paribas Open" musobaqasining uchinchi davrasida britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqadi.

 
Eslatib o‘tamiz, "Premier Mandatory" turkumiga kiruvchi mazkur turnirning sovrin jamg‘armasi 8,359,455 AQSh dollarini tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!