
Kilian Mbappe bu ko‘rsatkich bo‘yicha Benzemaga etib oldi
"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasida yana bir rekordga yaqinlashdi. Frantsuz futbolchisi "Qayrat" darvozasiga ikkinchi tur bahsida (5:0) uchta gol urib, xet-trik muallifi bo‘ldi.
Bu Mbappe uchun musobaqadagi to‘rtinchi xet-trik bo‘ldi. Kilian shu tariqa Karim Benzema ko‘rsatkichiga etib oldi.
Hozirda Mbappe Robert Levandovskidan orqada. Polshalik hujumchi turnirda 6 bor xet-trik muallifi bo‘lgan. Shuningdek, Krishtianu Ronaldu hamda Lionel Messi ham "qirollik klubi" futbolchisidan oldinda. Mazkur ikki yulduz o‘yinchilar 8 tadan xet-trikni rasmiylashtirgan.
Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 22 oktyabr kuni "Yuventus"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar