Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi o'yinlarini o'tkazib yuboradi!
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe jarohati sababli Ispaniya Superkubogi uchrashuvlarida ishtirok etmaydi. Madrid klubi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, futbolchida chap tizza bogʻlamlarining choʻzilishi aniqlangan.
"L’Equipe" nashrining xabariga koʻra, Mbappe kamida uch hafta maydonga tusha olmaydi. Qayd etilishicha, fransiyalik hujumchi soʻnggi bir necha oʻyinlarda ogʻriq bilan harakat qilgan.
"Real" 2026 yildagi ilk rasmiy oʻyinini 4 yanvar kuni "Betis"ga qarshi oʻtkazadi. 7–11 yanvar kunlari orasida boʻlib oʻtadigan Ispaniya Superkubogi musobaqasida esa "qirollik klubi" yarim finalda "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar