Kim g‘olib bo‘ladi: Volkanovskimi yoki Evloev?

  • 10.09.2026 17:34
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim engil vazndagi UFC jangchisi Jan Silva rossiyalik Movsar Evloev va Avstraliya vakili Aleksandr Volkanovski to‘qnashuvi uchun o‘z prognozlarini bildirdi.

"Volkanovski hamma narsada ham yuz foiz yaxshi bo‘lmasa-da, strategiyaga qat’iy amal qiladi, qachon nima qilish kerakligini biladi, shuningdek kuchli zarbaga ham ega. Evloevda esa bunday emas. Biroq Movsar tempni ushlay olsa, g‘alaba qozonishi mumkin.

Kim g‘olib bo‘lishidan qat’iy nazar keyingi bahsda men titul uchun kurashaman", - dedi braziliyalik "MMA Fighting" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Volkanovski va Evloev o‘rtasidagi chempionlik jangi 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!