Kim oladi? "Liverpool" Virtsdan voz kechadigan bo‘ldi
Xaridorlar harakatni boshlashi mumkin
«Liverpul» rahbariyati kelayotgan qishki transfer oynasida nemis yarimhimoyachisi Florian Virtsni sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
Football Insider xabariga ko‘ra, mersisayd klubi 23 yoshli futbolchini qishdaёq sotishga rozi. Manbalarga ko‘ra, Virts o‘z yurtiga qaytishni istamoqda. Unga eng jiddiy da’vogarlardan biri sifatida Myunxenning «Bavariya» jamoasi tilga olinmoqda.
Shu bilan birga, Virtsga Londonning «Chelsi» klubi ham qiziqish bildirgan. Bu jamoada hozir Xabi Alonso faoliyat yuritmoqda, u «Bayer»da ishlagan davrida Virts bilan birga ishlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Florian Virts «Liverpul» tarkibida Angliya chempionatida beshta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli uzatma muallifiga aylandi.

Izohlar (0)