Kimdir "Paxtakor"ning 3 ta gol urishini aytsa, yana kimdir AGMKning g‘alabasini mo‘’jizaga qiyoslamoqda! Final oldidan Superliga murabbiylarining turfa xil fikrlari

  • 18 dekabr, 2020, 20:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

20 dekabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionda O‘zbekiston Kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Oxirgi yo‘lga yana “Paxtakor” bilan AGMK jamoalari sog‘-omon etib keldilar.

Qizig‘i, oxirgi uch yildan beri finalda faqat ikkala klub bahslashmoqda. Yodingizdan chiqmagan bo‘lsa, 2018 yili Farg‘onadagi finalda AGMK “Paxtakor”ni mag‘lub eta olgandi. O‘tgan yili esa Arveladze jamoasi olmaliqliklarni yirik hisobda taslim qilgan.

Bu jamoalarning finaldagi uchinchi to‘qnashuvidan nima kutish mumkin? AGMKning “Paxtakor”ni yana bir bor dog‘da qoldirishga kuchi etarmikin? Bu borada Superliga klublarini boshqarayotgan bir qator mutaxassislar sports.uz uchun o‘z fikrlarini bildirdilar.

“G‘olib 90 daqiqa ichida aniqlanadi”

Andrey Shipilov (“Metallurg” klubi bosh murabbiyi):

- Bugungi kunda “Paxtakor” Kubok finaliga chiqdi, o‘z navbatida AGMK klubi ham ketma-ket uchinchi yil musobaqa finalida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. AGMK juda yaxshi shakllangan jamoa, chempionatni ham bir tekis nihoyasiga etkazdi. “Paxtakor”ga kelsak, bu klub haqida ortiqcha gapirish shart emas. Oxirgi yillarda “Paxtakor” chempionat va Kuboklarni qo‘lga kiritib, haqiqiy bayroqdor jamoa hisoblanishini isbotlab kelmoqda. Final Namanganda bo‘lib o‘tadi. Maydon ham yaxshi holatda. Nasib qilsa, o‘sha kuni stadion muxlislar bilan to‘ladi va ular ikki klub o‘rtasidagi chiroyli o‘yin guvohiga aylanishadi, deb umid qilaman. Kim g‘olib chiqadi? Bu savolga javob berish amrimahol. Chunki men bu klubda ham, u klubda ham ishlayotganim yo‘q. Faqat shuni taxmin qilishim mumkinki, finalda g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha bo‘limlar bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, g‘olib 45 daqiqadan iborat ikkita taymda aniqlanadi. Uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlar va penaltilar seriyasiga etib bormaydi. AGMKda ham yaxshi ijrochilar ko‘p. Bu klub oxirgi yillarda yaxshi shakllandi va ta’bir joiz bo‘lsa, Kubok jamoasiga aylandi. Bu klubga ham, u klubga ham ortiqcha baho bermoqchi emasman. O‘yin g‘olibi kim bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

shipilov_4

“AGMKning finalgacha etib kelishini tasodif deb bo‘lmaydi”

Vadim Abramov (“Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi):

- Finalga ikkita munosib jamoa chiqdi. Har ikkisi ham sovrin uchun kurashga munosib ekanligini bosib o‘tgan yo‘li orqali isbotlab berdi. Albatta, “Paxtakor” juftlik favoritidir. Biroq hammasini o‘yin hal qiladi va raqibidan kuchliroq bo‘lgan jamoa yutadi. Kubok musobaqasida istalgan natijalar qayd etilishi mumkin. Lekin AGMKning finalga etib kelishini tasodif deb bo‘lmaydi. Masalan, yarim finalda ko‘pchilik “Nasaf”ning yutishini taxmin qilgandi. Amalda esa...Final tomoshabop ruhda o‘tadi, deb umid qilaman. Boz ustiga ushbu ikkala klub kelasi yili o‘zbek futbolining sha’nini xalqaro sahnada himoya qiladi.

abramov2_4

“Ikkala jamoada ham imkoniyat teng”

Ulug‘bek Baqoev (“So‘g‘diyona” klubi bosh murabbiyi):

- O‘yin o‘z nomi bilan final. Unda bellashuvga kim yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha jamoa yutadi. Bir o‘yinda istalgan voqealar sodir bo‘lishi mumkin. Men ikkala klubning g‘olib chiqish imkoniyatini 50x50 baholayman. Kim kuchli ekanligini yakshanba kuni uchrashuvni tomosha qilish asnosida bilib olamiz. Umuman, oxirgi uch yil davomida bu ikki jamoaning finalda to‘qnash kelishi ularning boshqalardan yaxshiroq ekanligini go‘yo tasdiqlagandek bo‘lyapti. Kimda ishtiyoq ko‘proq bo‘lsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi. Mening fikrim mana shunday. Yana qaytaraman: imkoniyatlar 50x50.

bakoev

“Paxtakor” yutadi, 100 foiz ishonaman”

Hamidjon Aktamov (“Qizilqum” klubi bosh murabbiyi):

- Finaldan hech nima kutmayapman. Chunki unda “Paxtakor” yutadi, bunga 100 foiz aminman. Shuning uchun finalning hech qanaqa qizig‘i bo‘lmaydi. “Paxtakor” AGMK darvozasiga minimum uchta gol uradi. Bu uchrashuvda olmaliqliklarda hech qanday imkoniyat yo‘q. To‘g‘risi, ular finalga faqat omad tufayli chiqib qolishdi.

aktamov_6

“Paxtakor”ga O‘zbekistonda teng keladigan raqib yo‘q”

Baxtiyor Ashurmatov (“Qo‘qon-1912” klubi bosh murabbiyi):

- O‘ylaymanki, “Paxtakor” hozirgi paytda O‘zbekistonda hamma jamoalardan kuchli. Buni Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan o‘yinda ham isbotini topdi. Yigitlarimiz yomon o‘yin ko‘rsatishmadi. Biroq “Paxtakor”da o‘yin sifati va yuqori darajadagi futbolchilar borligi sababli g‘alaba qozonishdi. Albatta, finalda “Paxtakor” yaqqol favorit. Agar foiz hisobida qaraydigan bo‘lsak, 90 ga 10 “paxtakor”chilar foydasiga. To‘g‘ri, bu – futbol. Oldindan nima bo‘lishini bilib bo‘lmaydi. Lekin murabbiy sifatidagi fikrim shundayki, “Paxtakor”ga O‘zbekistonda teng keladigan raqib yo‘q, buni tan olishimiz kerak. To‘g‘ri, AGMK mehnat qilib finalga chiqdi va bu tahsinga sazovor. Ammo “Paxtakor”ning imkoniyati bu raqibidan bir necha barobar yuqori. Agar olmaliqliklar ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, buni sensatsiya va mo‘’jizaga qiyoslasa bo‘ladi. Ikkala jamoaga ham omad tilayman. Lekin “Paxtakor” baribir kuchli.

ashurmatov_9    

“Finalda jamoalar o‘rtasida katta tavofut kuzatilmaydi”

Otabek G‘ulomxo‘jaev (“Andijon” klubi bosh murabbiyi):

- “Paxtakor” bejizga chempion jamoa emas. AGMKda ham ancha o‘zgarishlar bor. Final baribir final. Bu jamoalarning chempionatdagi oxirgi o‘yinini ko‘rdik, qanday hisob qayd etilganini. Lekin Mirjalol Qosimov jamoasini finalga yaxshi tayyorlay oladi, deb o‘ylayman. Shunga qaramay, baribir “Paxtakor” ijrochilar borasida ham kuchli. Ikkala jamoaga ham omad tilayman va kuchligi g‘alaba qozonsin. O‘zim ham bu o‘yinni stadionda kuzatishga harakat qilaman. Bu jamoalar finalgacha bejizga etib kelishmagan. AGMK yarim finalda “Nasaf”ga qarshi munosib o‘yinni o‘tkazdi. Ikkala jamoada ham g‘alaba uchun yaxshi imkoniyat bor. Bu bitta o‘yindan iboratligini inobatga olsak, bunday paytda katta tafovut ham kuzatilmaydi. Muhimi, zo‘r final bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
21/12/2020 22:43
Qizilqum Murabbiy tugri gapni aytdi. AGMK omad bilan etib keldi. keyin Agar Nasaf OCHL letzinza masalasi hal bulganiga. AGMK naroqqa tursin Pahtakor ham solib. Kubikni olardi. chunki hohlasak hohlamasak. Nasaf Haqiqatdan kuchli kamanda. Nasafni uzlari 2 ogir safar uyinni tashkillashterishdi. lekin Nasaf ikkalasiga ham. solib chiqdi. AGMK Uyin kuni Aniq buldi. Nasaf OCHL uynap olmaydi.OFK uynasa bulishini. shuni hisobka olib bachala AGMK unchalik uynamadi aniq. keyin Fenalga Pahtakor Nasaf yutushini Asosiy sababi. VAR. chunki Nasaf har safar Afsayt aniqlashka adashardi sudiyala bulmasa Pahtakor har safar. 5. 4. nolga yutqazardi Nasafka chunki Pahtakor hinoyaga utnashka urganmagan. uyinchilari mintaleti. hujimga moslashkan. bu Nasafka ancha qul keladi. tezkor Nasafchila Qarshi hujimga solib tashlaydi. keyingisi Pahtakor uyinchilari. ogir. va yoshi ham katta Nasafni yosh bolalarini oldiga kuchikcha bulishka asabiylashib qupol uynap boshlaydi. bu ham Nasaf foydasiga VAR. ishka tushadi keyin. chunki Pahtakor shuncha vaqt. qupol uyin va sudiyalarni oddiy yordomi bilan. Nasafni yutdi.
Javlon Abdullaev
19/12/2020 08:06
qizilqumning murabbiyi toʻgʻri gapni aytibdi