
Kimdir Turinga, yana kimdir esa Rimga yo‘l oladi
A Seriyaning ikki grandi - "Yuventus" va "Roma" joriy yozgi transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirmoqchi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, turinliklar Federiko Bernardeski evaziga “bo‘rilar” xavbeki Nikolo Dzanoloni xohlamoqda.
“Yuventus” shuningdek, Daniele Rugani evaziga Jastin Klyuyvert, Jengiz Under va Brayan Kristante kabi “Roma” futbolchilaridan birini qo‘lga kiritmoqchi.
“Yuventus” ayni damda A Seriyada peshqadamlik qilmoqda. “Roma” esa 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar